Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH BMT Xavfsizlik kengashining G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishni talab qiluvchi yana bir rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi. HAMAS bunga munosabat bildirdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Foto: Getty Images

Rezolyutsiya loyihasi Jazoir tomonidan tayyorlangan va Xavfsizlik kengashining amaldagi 15 aʼzosidan 13 nafari uni qabul qilish uchun ovoz bergan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti oliy organining yana bir doimiy a’zosi Britaniya esa betaraf qolgan.

Bu AQSH vetosi tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchragan uchinchi rezolyutsiyadir. AQSHning BMTdagi elchisi Linda Tomas-Grinfildning aytishicha, Jazoir taklif qilgan rezolyutsiyaning qabul qilinishi “barqaror tinchlikka erishishga yo‘l qo‘ymaydi va aslida teskari ta’sir ko‘rsatishi mumkin”.

U Vashington “nozik muzokaralarni xavf ostiga qo‘yadigan” rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlamasligini ta’kidlagan. AQSH G‘azo sektori bo‘yicha o‘z rezolyutsiyasi loyihasini ilgari surgan, unda “G‘azo sektorida amalda imkon qadar tezroq vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish” talab qilinadi. AQSH prezidenti Jo Bayden 12-fevral kuni Isroil va HAMAS o‘rtasida olti haftalik sulh tuzishga chaqirgan edi.

HAMAS munosabati

HAMAS tegishli rezolyutsiyaga veto qo‘yilishi Vashingtonning Isroilga yana “qirg‘inlar” uyushtirishi uchun yashil chiroq ko‘rsatishini aytdi. Falastin guruhi AQSHning bu harakatini G‘azodagi urushni to‘xtatish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarga asosiy to‘siq, deb atadi.

“Bu veto Isroil kun tartibi foydasiga ishlamoqda va xalqaro miqyosda xalqimiz azobini to‘xtatishga to‘sqinlik qilmoqda”, — deyiladi HAMAS bayonotida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »