Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Birlashgan Millatlar Tashkilotining G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish rezolyutsiyasiga veto qo‘ygani sababini tushuntirdi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Foto: AP Photo

AQSH 2023-yil dekabr oyida G‘azoda zudlik bilan gumanitar o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyaga veto qo‘ygandi. Har safar Xavfsizlik kengashida veto qo‘llanilganda, sababini tushuntirish uchun umumiy assambleya yig‘ilishi o‘tkaziladi. Mazkur yig‘ilishda AQSHning tashkilotdagi vakili, elchi o‘rinbosari Robert Vud veto qo‘llanilishini tushuntirib, HAMASni urush boshlaganlikda aybladi.

“Biz bu mojaro tashabbuskori HAMASdan tinch aholi orqasiga yashirinishni bas qilish, qurollarini tashlab, taslim bo‘lish talablarini juda kam eshitamiz. Agar HAMAS yetakchilari shunday qilsa, urush tugaydi”, — deydi Vud.

Uning ortidan yig‘ilishda Isroil elchisi so‘zga chiqib, “HAMAS jinoyatlari” haqida gapirdi. Falastin elchisi esa hamma o‘t ochishni to‘xtatish plakatini ushlab turishi kerakligini aytdi va umumiy assambleyada uni ko‘tardi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotida Falastin pozitsiyasini ko‘pchilik qo‘llab-quvvatladi, bu esa AQSHni Isroilni qo‘llab-quvvatlovchi yolg‘iz holatda qoldirdi.

BMT rezolyutsiya loyihasi BAA tomonidan taklif qilingan va Vashington keskin norozilik bildirgan asl nusxada bo‘lgani kabi harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirmaydi. AQSHning BMTdagi elchisi Linda Tomas-Grinfild jurnalistlarga rezolyutsiya hozirgi ko‘rinishida taklif qilinsa, Vashington uni qo‘llab-quvvatlashi mumkinligini aytgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »