Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti G7 davlatlari iyun oyida Italiyada bo‘lib o‘tadigan sammitda Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanish bo‘yicha qaror qabul qilishiga umid bildirmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Foto: Bloomberg

Nashrga ko‘ra, Oq uy rahbari Rossiyaning muzlatilgan 280 milliard dollar aktivlaridan Ukraina byudjetini moliyalashtirish va tiklash uchun foydalanishga ishonadi. Bayden mazkur mablag‘lardan foydalanishni Ukrainaga qo‘shimcha yordam berishdan bosh tortish deb hisoblamaydi.

AQSHdan tashqari Buyuk Britaniya va Kanada vakillari muzlatilgan mablag‘larni musodara qilish kerak, deb hisoblaydi. Biroq Fransiya va Germaniya bunga qarshi. Ular Rossiyaning javob choralari va Yevropa iqtisodiyotining moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan qo‘rqadi, deydi nashr. Bu masala iyun oyidagi sammitda hal qilinadi.

2023-yil dekabr oyi oxirida Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilish “jiddiy oqibatlarga olib kelishi” bilan tahdid qilgan. Peskovga ko‘ra, Rossiya bu holatda G‘arbning mamlakatda saqlanayotgan mavjud mablag‘larini musodara qilish orqali javob qaytaradi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »