Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevrokomissiya BMTning falastinlik qochqinlar bo‘yicha agentligini moliyalashtirishda davom etadi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Foto: UNRWA

Bryussel YIning Falastin xalqiga beradigan yordam hajmini oshirishi haqida ma’lum qilgan. Yordamning katta qismi BMTning Yaqin Sharq bo‘yicha agentligi (UNRWA) orqali keladi. UNRWA’ga ko‘ra, 7-oktyabr kuni Isroilga qilingan hujumga agentlik xodimlarining aloqadorligi sababli yanvar oyidan beri gumanitar yuklar yarmiga qisqargan. Germaniya va Italiya G‘azoga yordamni to‘xtatgan, Ispaniya va Belgiya esa yordam berishda davom etgan.

Bugun Yevrokomissiya UNRWA’ga 50 million yevro hamda butun mintaqadagi Falastin aholisini Qizil xoch va Qizil yarim oy kabi xalqaro hamkorlar orqali qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 68 million yevro berishga qaror qildi, —  deydi Yevrokomissiya matbuot kotibi Erik Mamer juma kuni.

Berilgan yordamning umumiy miqdori 150 millionga yetdi. Birinchi to‘lovlar keyingi haftaga rejalashtirilgan. Bu xabar payshanba kuni G‘azo sektorida gumanitar yordam tarqatish chog‘ida ko‘p sonli odamlar halok bo‘lganidan biroz o‘tmay e’lon qilingan. HAMAS Sog‘liqni saqlash vazirligi qirg‘inda 104 kishi halok bo‘lgani va 750 dan ortiq kishi jarohatlanganini ma’lum qilgan.

YI Kengashi prezidenti Charlz Mishel X ijtimoiy tarmog‘ida G‘azoda gumanitar yordam kutayotgan begunoh tinch aholining o‘ldirilishidan dahshatga tushganini yozgan.

G‘azodan olingan kadrlar juda xavotirli. Nima bo‘lganini tekshirish va shaffoflikni ta’minlash uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirish lozim, — deydi Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Leyen

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »