Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi “Hisor” davlat qo‘riqxonasi xodimlari tomonidan oq boshli qumoy tasvirga olindi.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Oq boshli qumoy zaif, qisqarib borayotgan, o‘troq, mozaik tarqalgan nominal kenja tur sifatida TMXI Qizil ro‘yxati va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Ovlash taqiqlangan. Tog‘ qo‘riqxonalari va milliy tabiat bog‘larida muhofaza ostiga olingan. SITESʼning II Ilovasiga kiritilgan.

So‘nggi yillarda Ohangaron suv omborida 30 tagacha, Objazsoyda (Qurama tog‘i) 46 ta, Dehqonobodda – 70 ta, Tangi qishlog‘ida (Ko‘hitang) – 27 ta dan iborat galasi uchragan. Surxon davlat qo‘riqxonasida mazkur turning umumiy soni 2015-yilda 55-60 tani tashkil etgan. Markaziy Osiyo populyatsiyasining soni barqaror. Dunyodagi populyatsiyasi 500 mingdan 1 milliontagacha ekani taxmin qilinadi.

Fotoqopqonga muhrlangan noyob hayvonlar

2023-yilning sentyabr oxirlarida “Zomin” davlat qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqonga “Archa maydon” hududida sayr qilib yurgan ona-bola Turkiston silovsini tushib qolgani ma’lum bo‘lgan edi. 2022-yilning oktyabr oyida “Surxon” davlat qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqonga manul tushib qolgandi. Shuningdek, “Hisor” davlat qo‘riqxonasi qo‘riqlash xodimlari tomonidan o‘rnatilgan fotoqopqon obyektiviga Turkiston silovsini, “Chotqol” davlat biosfera qo‘riqxonasida esa qor qoploni muhrlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »