Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Finlyandiya shimoli, Shvetsiya va Norvegiyada 15-martga qadar Nordic Response 24 nomli NATOning keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlari boshlanadi. Ular Norvegiya boshchiligida amalga oshiriladi. Bu haqda Finlyandiyaning Yle nashri xabar berdi.

Foto: Yle

Finlyandiya uchun bu mudofaa kuchlari tarixida xalqaro mashg‘ulotlardagi eng muhim ishtirokidir. Mamlakat alyans a’zosi sifatida NATOning qo‘shma mudofaa mashg‘ulotlarida birinchi marta ishtirok etadi.

Nordic Response quruqlik, dengiz va havoda o‘tkaziladigan keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlardir. Unda 14 davlatdan 20 mingga yaqin harbiy xizmatchi qatnashadi. Finlyandiyadan 4100 ga yaqin harbiy ishtirok etadi. 

Nordic Response 24 Shimoliy Atlantika alyansining keng miqyosdagi Stadfast Defender mashqlarining bir qismi. Mashg‘ulotlarga 50 dan ortiq kemalar, jumladan, fregatlar va suv osti kemalari, 100 dan ortiq qiruvchi samolyot, vertolyot va dronlar ham jalb etiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »