Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Agar Ukraina urushda mag‘lub bo‘lsa, NATO davlatlari Rossiyaga qarshi kurashishga majbur bo‘ladi. Bu haqda Pentagon rahbari Lloyd Ostin xabar berdi.

Foto: Getty Images

 

Ostinga ko‘ra, Kiyevga qo‘shimcha mablag‘ ajratish juda muhim, chunki bu dunyoda bir davlat o‘z qo‘shnilarining chegaralarini qayta chizib, suveren hududlarini tortib olishi mumkin bo‘lgan vaziyatning oldini oladi.

“Bilamizki, agar Putin muvaffaqiyatga erishsa, u to‘xtamaydi. U mintaqada yanada tajovuzkor harakatlarini davom ettiradi. Avtokratlar esa buni kuzatib, natijada bu sodir bo‘lganidan va biz demokratik davlatni qo‘llab-quvvatlay olmaganimizdan ruhlanadi”, — dedi Ostin.

AQSH mudofaa vaziri agar Ukraina jang maydonida mag‘lub bo‘lsa, birinchi navbatda, Boltiqbo‘yi mamlakatlari xavf ostida qolishi mumkinligini aytdi.

“Agar Boltiqbo‘yi mamlakati bo‘lsangiz, keyingisi bo‘lishdan juda xavotirdasiz. Ular Putinni, uning nimalarga qodirligini biladi. Ochig‘ini aytsam, Ukraina qulasa, NATO Rossiya bilan urushga kirishishiga chindan ishonaman”, — deya qo‘shimcha qildi Pentagon rahbari.

Rossiyaning munosabati

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Ostinning NATO va Rossiya o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojaro haqidagi bayonotlarini “aqldan ozish” deb atadi

“Bu Rossiyaga bevosita tahdidmi yoki Zelenskiy uchun bahona topishga urinishmi? Ikkalasi ham aqldan ozishdir. Ammo endi hamma agressor Vashington ekanini ko‘rishi mumkin”, — dedi TIV rasmiysi Mariya Zaxarova.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »