Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

NATO Rossiyaning alyans aʼzolaridan biriga ehtimoliy hujumi ssenariylari ustida ishlamoqda. Bu haqda harbiy blokning yuqori martabali vakillariga tayanib, Bloomberg xabar berdi.

Foto: AP News


Manbalarga ko‘ra, ko‘plab g‘arb generallari yig‘ilgan Myunxen Xavfsizlik konferensiyasidagi munozaralarda pessimizm hukmronlik qilgan. Ular Ukrainaning jang maydonidagi “muvaffaqiyatsizliklari”, shuningdek, AQSHning Kiyevga qo‘shimcha mablag‘ ajratmagani va qo‘llab-quvvatlashning kamaygani “Rossiyani NATO a’zosiga to‘g‘ridan to‘g‘ri hujum qilishga undashi mumkin”ligini aytgan.

Shu sababli G‘arb generallari ehtimoliy hujumni qaytarish uchun ssenariy ishlab chiqishni boshlagan.

“NATO hududiga hujum bo‘ladimi yoki yo‘qmi, bashorat qila olmayman. Ammo bu besh-sakkiz yil ichida sodir bo‘lishi mumkin”, — deydi Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorus Bloomberg’ga.

2023-yil noyabrida NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukrainada urush boshlanganidan so‘ng alyansning ikkita asosiy vazifasi Kiyevga yordam ko‘rsatish va alyans hamda Rossiya o‘rtasida to‘laqonli urushga olib kelishi mumkin bo‘lgan keskinlashuvning oldini olish ekanini aytdi. Shu bilan birga, u alyans dunyo harbiy qudratining yarmini tashkil etishini va harbiy jihatdan Moskvadan ustun ekanini ta’kidladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin avvalroq Rossiyaning NATOga ehtimoliy hujumi haqidagi da’volar “mutlaqo bema’nilik” ekanini, Moskvaning ittifoq mamlakatlariga hududiy da’vosi yo‘qligini aytgandi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »