Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya hozirda Yevropaning boshqa davlatlariga hujum qilish uchun qulay holatda — u ko‘proq kuchga, harbiy tajribaga ega va xatolarini tuzatmoqda. Bu haqda Litva Mudofaa vazirligining mudofaa siyosati direktori Vaydotas Urbelis Business Insider’ga ma’lum qildi.

Foto: Kremlin

Uning so‘zlariga ko‘ra, muvaffaqiyatsizliklarga qaramay, Rossiya Ukrainaga bostirib kirishdan ko‘ra bo‘lajak hujumga yaxshi tayyorlangan ko‘rinadi.

Endilikda ular keng ko‘lamli urush olib borish tajribasiga ega, buni rejaning bir qismi sifatida ko‘rish kerak. Agar faqat raqamlarga e’tibor qaratsangiz, Rossiya qurolli kuchlarida hozir bosqindan oldingidan ko‘proq odam borligini ko‘rasiz, — deydi Litva Mudofaa vazirligi rasmiysi.

U Rossiya texnikalari bo‘yicha yo‘qotishga uchrayotganiga qaramay, tezda tiklana olishini qo‘shimcha qildi.

Shuning uchun Litva tayyor bo‘lishi kerak, chunki Rossiya uni va uning qo‘shni hududlarini ‘‘o‘z sohasining bir qismi” deb biladi, — deydi amaldor.

Urbelisga ko‘ra, Litva tezda javob qaytarishga tayyor bo‘lishi va “NATO mexanizmi ishlab ketgunicha” kutmasligi kerak. Gap Litvaga alyans qo‘shinlarini joylashtirish, mudofaa xarajatlarini oshirish va chegara xavfsizligini mustahkamlash haqida ketmoqda.

Harbiyning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi NATOni mustahkamlagan, NATO aʼzolarini esa mudofaa faoliyatini kuchaytirishga chaqirgan.

Alyans sifatida biz to‘g‘ri yo‘ldamiz deb o‘ylayman. Lekin yetarlicha tezkor emas, — deya xulosa qildi Urbelis.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »