Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Polsha mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish Rossiyaning NATO davlatlariga hujum qilishi ssenariysini istisno qilmasligini aytdi. Bu haqda u “Super Ekspress” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: PAP

Mudofaa vaziri Rossiya Ukrainadagi harbiy mag‘lubiyati natijasida Polshaga to‘g‘ridan to‘g‘ri hujum qilishi mumkinmi, degan savolga javob berdi.

Men barcha ssenariylarni, hatto ularning eng yomonini ham jiddiy qabul qilaman. Bu mudofaa vazirining hozirda biz duch kelgan vaziyatdagi vazifasidir, — dedi u.

Vladislav Kosiniyak-Kamish bu shunchaki so‘zlar emasligini ta’kidlab, ularni “juda ehtiyotkorlik bilan” qo‘llayotganini bildirdi.

Har bir ssenariyga tayyor bo‘lish kerak, shuning uchun audit o‘tkazamiz, xulosalar chiqaramiz va bo‘shliqlarni, xususan, qurol sohasida to‘ldiramiz. Yirik xaridlar juda muhim, biroq askarlarning shaxsiy jihozlari ham birdek ahamiyatli, — dedi vazir.

Uning ta’kidlashicha, Polsha Yevropa Ittifoqining umumiy himoyasida juda muhim rol o‘ynaydi, bu haqda Yevropa Ittifoqi komissiyasi ham biladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »