Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Polsha prezidenti Anjey Duda Ukrainadan kelgan noma’lum obyekt tufayli harbiy rahbariyat bilan shoshilinch uchrashuv tayinlagani to‘g‘risida xabar berilgandi. Polsha Qurolli kuchlari qo‘mondoni Matsey Klishga ko‘ra, ushbu obyekt Rossiya raketasi bo‘lib, u mamlakat hududiga kirgan.

Foto: NurPhoto

Qayd etilishicha, raketa Polsha hududiga 40 kilometr ichkariga kirib borgan va 3 daqiqa o‘tgach, Ukraina hududiga qaytgan. Qo‘mondon so‘zlariga ko‘ra, raketaning Polsha hududi uzra parvozi radar tizimlari tomonidan kuzatilgan.

Polsha ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, bu katta ehtimol bilan Rossiyaning X-22 yoki X-101 qanotli raketasi bo‘lgan. U Ukraina havo hududiga qaytgan va mamlakat havo mudofaasi tomonidan urib tushirilgan.

O‘z navbatida, mamlakat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladislav Teofil Bartoshevskiy Rossiyaning Polshadagi muvaqqat ishlar vakili Andrey Ordashga Varshava o‘z havo hududini Rossiya tomonidan buzilganiga nisbatan qat’iyroq javob qaytarishini ma’lum qildi

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »