Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Polsha parlament komissiyasi yangi bosh vazir Donald Tusk taklifiga binoan mamlakatning barcha beshta razvedka xizmati rahbarlarini ishdan oldi. Bu haqda Zet radiostansiyasi xabar berdi.

Foto: “TASS”

Xabarga ko‘ra, gap Korrupsiyaga qarshi kurashish markaziy byurosi, razvedka boshqarmasi, harbiy razvedka xizmati, harbiy kontrrazvedka xizmati va ichki xavfsizlik agentligi haqida bormoqda.

“Razvedka xizmatlari bo‘yicha parlament komissiyasi beshta xizmat rahbarlarini iste’foga chiqarish bo‘yicha takliflarni ijobiy ko‘rib chiqdi”, — deyiladi xabarda.

12-dekabr kuni Polsha parlamentining quyi palatasida Donald Tusk hukumatiga ishonch bildirilgandi. 460 deputatdan 248 nafari ovoz berishni qo‘llab-quvvatlagan, 201 nafari qarshi chiqqan. Betaraflar bo‘lmagan.

13-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 09:00 da Polsha prezidenti Anjey Duda bosh vazir Donald Tusk va uning hukumati qasamyodini qabul qilgan.

Donald Tusk 2007-2014 yillarda Polsha Vazirlar Mahkamasini boshqargan. U Yevropa Kengashi rahbarligidan iste’foga chiqqan va besh yildan so‘ng bu lavozimni Sharl Mishel egallagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »