Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina — Polsha chegarasidagi “Korcheva” nazorat-o‘tkazish punkti oldida navbatda turgan ikkinchi haydovchining o‘limi maʼlum bo‘lgach, Ukrainaning Polshadagi elchixonasi Polsha Tashqi ishlar vazirligiga ukrainalik yuk tashuvchilar uchun chegarani ochish talabi bilan nota yubordi. Bu haqda diplomatik missiya rahbari Vasiliy Zvarich ma’lum qildi.

Foto: Reuters

Chegaradagi navbat polshalik yuk tashuvchilarning 6-noyabrdan beri davom etayotgan noroziliklari ortidan yuzaga kelgan.

Ukraina elchixonasi holat yuzasidan Polsha ma’muriyati va Ichki ishlar vazirligi bilan ham bog‘landi.

Polshalik namoyishchilar tomonidan yuk tashishni cheklash odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solmoqda, shuningdek, umumiy foydalanishdagi yo‘llarda harakat xavfsizligi va tartibiga jiddiy tahdid keltirib chiqarmoqda. Har kim norozilik bildirish va o‘z pozitsiyasini himoya qilish huquqiga ega. Ammo qiyin ob-havo sharoitida norozilik yig‘ini, vaqti va davomiyligi odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga, qolaversa, xavfsizligiga chinakam xavf tug‘diradi, — deb yozdi u Facebook’da.

2022-yil iyun oyida Yevropa Ittifoqi ukrainalik yuk tashuvchilarga tegishli hujjatsiz Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga ikki tomonlama va tranzit yuk tashishlarini amalga oshirishga ruxsat bergandi. 2023-yil mart oyida Kiyev va Bryussel bu chorani 2024-yil 30-iyungacha uzaytirdi. Qoidalarning yengillashtirilishi polshalik yuk tashuvchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi.

6-noyabrdan beri polshaliklar Ukraina bilan chegaradagi uchta chegara o‘tish joyini to‘sib qo‘ygan. Ular Ukraina yuk tashuvchilari uchun urush boshlanishidan oldin amalda bo‘lgan transport cheklovlarni tiklashni talab qilmoqda. Ukrainalik yuk tashuvchilarga berilgan imtiyozlar ularning xizmatlari arzonlashishiga olib keldi, buning natijasida yevropalik yuk tashuvchilar muammolarni boshdan kechirmoqda.

Polshadagi norozilik namoyishlari tashkilotchilaridan biri Yatsek Sokul o‘z kichik kompaniyasi parkini 40 foizga qisqartirishga majbur bo‘lganini aytdi. Polsha tomoni maʼlumotlariga ko‘ra, Ukraina yuk mashinalari yil davomida chegarani qariyb 900 ming marta kesib o‘tgan — 2022-yilning fevraligacha bu ko‘rsatkich yiliga 180 ming marta bo‘lgandi.

Hozirda namoyishchilar chegaradan soatiga atigi bitta yuk mashinasini o‘tkazmoqda, gumanitar va harbiy yordam, hayvonlar va tez buziladigan oziq-ovqatlarni tashuvchi mashinalar bundan mustasno. 18-noyabrga qadar Polsha — Ukraina chegarasida 2,8 mingga yaqin yuk mashinasi to‘planib qolgan. Polsha tomonidagi bloklangan nazorat-o‘tkazish punktlaridan biri – “Rava-Russkaya” oldidagi tirbandlik 21-noyabrga kelib 53 kilometrga yetdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »