Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Belarus Mudofaa vazirligi 28-sentyabr kuni tushdan keyin Polsha vertolyoti Belarus havo hududini bir necha bor buzganini da’vo qilmoqda.

Foto: Sputnik
“Bugun (28-sentyabr) soat 15:02 da Harbiy havo kuchlari va Havo mudofaasi kuchlarining radiolokatsion aniqlash uskunalari Polsha samolyotining Belarus chegarasiga yaqinlashayotganini aniqladi. Taxminan 15:20 da samolyot Belarus Respublikasi chegarasini kesib o‘tib, bir yarim kilometrgacha ichkari masofani bosib o‘tdi”, — deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.

Ularning qo‘shimcha qilishicha, soat 16:22 da vertolyot yana davlat chegarasini buzib, 300 metr ichkariga kirgan.

“Ma’lumotlar obyektiv nazorat ma’lumotlari bilan tasdiqlandi. Shu munosabat bilan navbatchi aviatsiya havoga ko‘tarildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Polsha Qurolli kuchlari operativ qo‘mondonligi matbuot kotibi Yatsek Gorishevskiyning aytishicha, Varshava Minskdan olingan maʼlumotni rad etadi.

“Biz tomondan hech qanday havo hududi buzilishi kuzatilmadi. Buni radar tizimlarimizdan tasdiqlatdik”, — dedi u.

Belarus Tashqi ishlar vazirligi voqea yuzasidan Polshaning Belarusdagi muvaqqat ishlar vakili Martin Voysexovskiyga keskin norozilik bildirilganini ma’lum qildi.

Sentyabr oyi boshida Belarus hukumati Polshani Grodno viloyatida Belarus chegarasini buzganlikda ayblagandi. Polsha Belarus tomonining bayonotlarini provokatsiya deb atadi.

Shu oyda Polsha ham Belarusni chegarani buzishga urinishda aybladi. Polsha Mudofaa vazirligi bir guruh muhojirlar chegaradagi panjaralarni buzib tashlagani aks etgan videoni chop etdi. Ma’lum bo‘lishicha, bu video 2021-yilga oid bo‘lib, avval Polsha harbiylari bu kadrlardan foydalangan.

Avgust oyida Polsha “Vagner” yollanma askarlarining Belarusga kelishi va noqonuniy muhojirlar oqimi fonida Belarus bilan chegaraga qo‘shimcha qo‘shinlar joylashtira boshladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »