Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Polsha Belarus bilan chegarani o‘n ming askar bilan mustahkamlaydi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Mariush Blashakka tayanib, Rzeczpospolita xabar berdi.

Foto: Reddit
“10 mingga yaqin askar bo‘ladi — 4 ming nafar harbiy xizmatchi chegarani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha operatsiyada bevosita ishtirok etadi, 6 ming nafari esa zaxiradan”, — deya tushuntirdi Mudofaa vazirligi rahbari.

Blashakning ta’kidlashicha, ular mamlakat sharqidagi garnizonlarda malaka oshirayotgan askarlar bo‘ladi. Vazir ikki yil ichida Polsha armiyani kuchaytirish jarayoni davom etsa, Yevropadagi eng kuchli quruqlik armiyasiga ega bo‘lishini ham ta’kidladi.

Polsha nega Belarus bilan chegarasini mustahkamlamoqda?

Polsha “Vagner” yollanma askarlarining Belarusga ko‘chib kelishi va Belarusning ikkita harbiy vertolyoti Polsha havo hududini buzishi sababli chegarani qo‘riqlashni kuchaytirdi. Bundan tashqari Belarusdan noqonuniy migrantlar oqimi ham vaziyatni nazoratga olishni talab qildi.

“Vagner” Belarusda

23-24 iyun kunlari Rossiyada “Vagner” xususiy harbiy kampaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin tomonidan isyon ko‘tarishga urinish bo‘ldi. U “Adolat marshi”ni boshlaganini, uning maqsadi Moskvaga yetib borish ekanini aytdi.

Qo‘zg‘olon paytida Rostov-Don va Voronej qo‘lga olindi, bir nechta vertolyotlar va harbiy samolyotlar urib tushirildi, oqibatda kamida o‘n nafar rus harbiysi o‘ldi.

Putin Prigojinni davlatga xiyonatda aybladi. Biroq Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko bilan muzokaralardan so‘ng Prigojin o‘z jangarilarining Moskvaga yurishini to‘xtatdi. “Vagner” Belarusga ketadigan bo‘ldi va hozir Belarusda faoliyat olib bormoqda.

Belarusdan kelayotgan tahdid jiddiy bo‘lib, “vagnerchilar” Belarus orqali Polsha hududiga kirishga harakat qilishgani aytilgan.

Belarus harbiy samolyotlari Polsha havo hududini buzdi

1-avgust kuni Belarusning ikkita vertolyoti  Polsha havo hududini buzdi. Vertolyotlar mashg‘ulotlar o‘tkazgan va bu haqda Polsha oldindan xabardor qilgan.

Havo hududi buzilgach, Polsha NATOni xabardor qilgan. Polsha Tashqi ishlar vazirligi nima bo‘lganini tushuntirish uchun Belarus bo‘yicha muvaqqat ishlar vakilini chaqirtirgan

Noqonuniy migratsiya

Polsha Chegara xizmati rahbari Tomash Pragaga ko‘ra, 2023-yilda Polsha-Belarus chegarasini 19 ming kishi noqonuniy kesib o‘tishga uringan bo‘lsa, 2022-yili bu ko‘rsatkich 16 ming kishini tashkil etgan. Polsha Belarus bilan chegarada elektron himoya bilan jihozlangan to‘siq o‘rnatgan. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »