Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kremlning noroziligiga qaramay, Varshava o‘z armiyasi sonini oshirish va yangi diviziyalarini Belarus bilan chegaraga joylashtirishdan bosh tortmaydi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Mariush Blashak o‘zining Twitter dagi sahifasiga yozib qoldirdi.

Foto: Poola kaitseministeerium
“Putin faqat kuch vositalarini tushunadi. Polsha qo‘shinlari o‘z hududini mustaqil himoyalay olishi haqidagi aniq signalgina Rossiyani g‘arb tomon yanada kengayishini to‘xtatadi”, — deb yozadi Blashak.

Uning ta’kidlashicha, Polsha 300 ming kishilik armiya yaratish, oltida diviziyani shakllantirish va qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarni amalga oshirishni davom ettirishi kerak.

“Biz Yevropada eng kuchli quruqlikdagi qo‘shinlarni yaratish yo‘lidan chekinmasligimiz lozim”, — deydi Blashak.

Oldinroq Polsha Britaniya bilan havo hujumidan mudofaa vositalarining yetkazib berilishi bo‘yicha 4 milliard funtlik shartnoma imzolagani ma’lum bo‘lgandi. Ta’kidlash kerakki, mamlakat oxirgi vaqtlarda mudofaa qobiliyatini mustahkamlash maqsadida turli harbiy texnikalar xaridini oshirgan.

Bundan oldin Polsha Ichki xavfsizlik agentligi “Rossiya razvedkasi uchun ishlagan” yana bir tarmoq a’zosini qo‘lga olgani, Belarusni tark etishga majbur bo‘lgan va kelgusida “rejimga qarshi kurashish” uchun respublikaga qaytishni istayotgan belaruslar Polshada jangovar tayyorgarlikdan o‘tayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »