Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Latviya Davlat chegara xizmati Belarus bilan chegarani mustahkamlash maqsadida 15-avgustdan boshlab shoshilinch qo‘shimcha chegarachilarni safarbar qilishi haqida bayonot berdi.

Foto: Global Look Press
“Chegarani qo‘riqlovchi harbiy qismlar xodimlarga taʼtil berishni to‘xtatdi, shuningdek, taʼtilda bo‘lganlarni ishga chaqirdi”, — deyiladi bayonotda.

Qaror “Latviya—Belarus davlat chegarasida gibrid tahdid tez o‘sib borayotgani munosabati bilan” qabul qilingan. Harbiy muassasaning taʼkidlashicha, 14-avgust kuni 96 kishi chegarani noqonuniy kesib o‘tishga uringan (13-avgustda 76 kishi). Chegara xizmati “noqonuniy muhojirlar oqimini tashkil etishda” Belarus hukumati faol ishtirok etayotganini da’vo qildi.

Latviya chegarachilari milliy Qurolli kuchlar va mamlakat politsiyasidan qo‘shimcha yordam so‘ragan. Chegara qo‘shinlari boshlig‘i Guntis Puyatsning LSM’ga aytishicha, Qurolli kuchlar qo‘shimcha resurs berishga rozi bo‘lgan. Latviya Qurolli kuchlari chegarachilarga noqonuniy migratsiyaga urinishlarni to‘xtatishda yordam berishini tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada Yevgeniy Prigojinning isyonidan keyin “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi yollanma askarlarining bir qismi Belarusga ko‘chib o‘tgandi. Bunga javoban Polsha rasmiylari Belarus bilan chegarani himoya qilishni kuchaytirdi. Latviya hamda Polshada, rasmiylarning aytishicha, “Vagner”ga qo‘shilishga chaqiriqlar bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »