Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Polsha shimoli-sharqida joylashgan Avgustov shahri yaqinida sapyorlar batalyoni tashkil etiladi, uning asosiy vazifasi sharqiy chegarani mustahkamlash va Suvalki yo‘lagi xavfsizligini ta’minlashdan iborat bo‘ladi, dedi Polsha mudofaa vaziri Mariush Blashak. Uning so‘zlari Polsha hukumati saytida keltirilgan.

Polsha so‘nggi kunlarda sharqiy chegaralarini yanada mustahkamlamoqda
Foto: Euronews

Mudofaa vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, sapyorlar batalyoni 2023-yil oxirigacha yaratiladi.

“Avgustovdagi bo‘linma 2022-yilda Vazirlar Kengashi tomonidan qabul qilingan 2023—2025-yillarga mo‘ljallangan Polsha Qurolli kuchlarini mustahkamlash paketi doirasida yaratiladi, unda NATOning sharqiy qanotidagi mavjud taktik tuzilmalarni mustahkamlash nazarda tutilgan”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Suvalki yo‘lagi — taxminan 100 kilometr uzunlikdagi uchastka bo‘lib, undan Polsha va Litva o‘rtasidagi chegara o‘tgan. Ushbu uchastka Polshani Rossiya va Belarusning Kaliningrad hamda Grodno viloyatlari bilan bog‘lovchi “quruqlik yo‘lagi” deb ataladi.

“Vagner” kuchlarining Belarusga joylashtirilishi haqidagi xabarlardan keyin Polsha sharqiy chegaralarini mustahkamlay boshladi. Iyul oyi boshida Varshava 1 000 nafar askar va deyarli 200 ta harbiy texnikani Belarus bilan chegaradosh Podlyashe viloyatiga jo‘natishini e’lon qildi.

“Vagner” bo‘linmalari esa Belarusning Osipovichi shahridan 20 kilometr uzoqlikdagi lagerga joylashtirildi. Polsha razvedkasi qo‘shni respublika hududida bir necha yuzlab “vagnerchi”lar borligi haqida xabar berdi. Belarusda “Vagner” instruktorlari mahalliy harbiy xizmatchilarni o‘qitmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »