Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, Polsha, Litva va Ukraina harbiy ittifoqini tuzish orqali Polsha keyinchalik Ukraina hududini bosib olishni rejalashtirmoqda. Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Putin Polshaning g‘arbiy hududlari Iosif Stalinning “tuhfasi” ekanini ta’kidladi.

Foto: Kremlin
“Polsha yetakchilariga kelsak, ular ‘NATO soyaboni’ ostida qandaydir koalitsiya tuzish va Ukrainadagi mojaroga bevosita aralashish, keyin o‘zlari uchun kattaroq bo‘lak ‘kesib olish’, o‘zining tarixiy hududlari — bugungi G‘arbiy Ukrainani qaytarib olish uchun payt poylamoqda. Ma’lumki, ular Belarus yerlarini ham orzu qiladi”, — dedi Putin.

Rossiya prezidenti Belarusga qilingan har qanday tahdidga Rossiya birgalikda javob qaytarishini ta’kidladi.

“Belarusga kelsak, u Ittifoq davlat(Rossiya va Belarus ittifoqi — “Daryo” izohi)ning bir qismidir, Belarusga qarshi tajovuz Rossiya Federatsiyasiga tajovuzni anglatadi. Biz bunga qo‘limizdagi barcha vositalar bilan javob beramiz. Bir gapni aytay — bu juda xavfli o‘yin va bunday reja mualliflari uning oqibatlari haqida o‘ylashi kerak”, — deb qo‘shimcha qildi Rossiya rahbari.

Litva—Polsha—Ukraina harbiy ittifoqi tuzilyaptimi?

Aprel oyida NATO tarkibida Litva—Polsha—Ukraina korpusini shakllantirish rejalari haqida xabarlar tarqalgandi. Bu haqda, xususan, Dziennik polityczny portali jurnalisti Yakub Moznyak yozgan. Unga ko‘ra, korpus 20-25 ming kishidan iborat bo‘ladi. Polsha va Litva brigadalari Lyublinda, ukrainaliklar esa Ukrainaning g‘arbiy qismida joylashadi. Maqolaga korpusni shakllantirish rejalari ekani aytilgan noaniq fotosuratlar biriktirilgan.

Tasvirlarda ehtimoliy LITPOLUKRCORPS korpusi shakllanishining emblemasi ko‘rsatilgan. Biroq bu emblema 2016-yilda yaratilgan Konstantin Ostrojskiy nomidagi (LITPOLUKRBRIG) Litva—Polsha—Ukraina brigadasiga tegishli. Brigada 2009-yilgi uch tomonlama kelishuvga muvofiq tuzilgan va BMT Xavfsizlik Kengashi mandati ostidagi xalqaro operatsiyalarda ishtirok etish uchun mo‘ljallangan.

Aprel oyida brigada ham o‘z veb-saytiga xabar joylashtirdi: “Litva—Polsha—Ukraina brigadasi hech kimni ishga qabul qilmayapti. Biz sizni tasdiqlangan va ishonchli manbalardan foydalanishga chaqiramiz”.

Polsha “Vagner” bo‘linmalarining Belarusga joylashtirilishi munosabati bilan iyul oyi boshida o‘zining sharqiy chegaralarini mustahkamlashni boshladi. Polsha armiyasi bosh qo‘mondonligi maʼlum qilishicha, Belarus bilan chegaraga yaqin Podlasye viloyatiga 1 ming askar va 200 ga yaqin texnika yuborilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »