Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Rossiyaning NATO davlatiga hujumi besh-sakkiz yil ichida amalga oshishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Foto: DPA
“Biz deyarli har kuni Kremldan tahdidlarni eshitamiz — bu so‘nggi vaqtlarda yana Boltiqbo‘yi mamlakatlaridagi do‘stlarimizga qaratilgan. Shuning uchun Vladimir Putin kun kelib NATO davlatlaridan biriga hujum qilishi mumkinligini hisobga olishimiz kerak. Mutaxassislarimiz buni besh-sakkiz yil ichida amalga oshirish mumkinligini taxmin qilmoqda”, — dedi Germaniya mudofaa vaziri.

Boris Pistorius hozir hujum ehtimoli borligiga ishonmasligini ta’kidladi. U mudofaa sanoatini kuchaytirish orqali ehtiyot choralarini oldindan ko‘rishga chaqirdi. Qolaversa, u majburiy harbiy xizmatni joriy etish g‘oyasini ilgari surgan va aprel oyiga qadar vazirlikdan tegishli taklifni kutmoqda. 

Vazir nemis pasporti bo‘lmagan askarlar uchun qurolli kuchlarga kirish imkoniyatini ochishga tayyorligini aytdi. 

“Biz Yevropada buni amalga oshirgan birinchi harbiy kuch bo‘lmaymiz. Mamlakatda Germaniyada ikkinchi yoki uchinchi avlodda yashaydigan, ammo hali Germaniya fuqaroligiga ega bo‘lmagan odamlar bor”, — dedi Pistorius.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »