Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yaqin Sharqdagi keskinlashuv va Rossiyaning Ukrainaga qarshi ikkinchi yildan beri olib borayotgan jangovar harakatlari fonida Yevropada Uchinchi jahon urushi boshlanishi mumkin. Germaniya Mudofaa vazirligi rahbari Boris Pistorius tegishli tahdid haqida ZDF telekanalida ma’lum qildi.

Foto: Deposit photos

Boris Pistoriusning so‘zlariga ko‘ra, nemislar bunday oqibatga ruhan tayyor bo‘lishi kerak.

“Biz Yevropada urush xavfi bo‘lishi mumkin degan fikrga ko‘nikishimiz kerak”, — dedi Germaniya mudofaa vaziri.

U Bundesver Germaniyani himoya qilishi va “urushga yaroqli bo‘lishi” kerakligini aytdi. Bunga erishish uchun Mudofaa vazirligi o‘z tuzilmasini qayta tashkil etdi. Shuningdek, 100 milliard dollarlik maxsus fond tashkil etildi.

“Shu bois, Germaniya hukumati dunyo duch kelayotgan yangi tahdidlarga javob berishda sust, deyish mumkin emas. Bu hozirgidan tezroq sodir bo‘lmaydi‘, — ta’kidladi Germaniya Mudofaa vazirligi rahbari.

Shuningdek, Pistorius Berlin Yaqin Sharq mintaqasida yanada kuchayib ketishining oldini olish uchun barcha sa‘y-harakatlarini amalga oshirishini aytdi.

“Shuni tushunish kerakki, ko‘p yillar davomida hech kim Bundesverni kuchaytirmagan, 30 yil behuda o’tgan va bu vaqtni 19 oy ichida qoplab bo‘lmaydi”, — deya Pistorius Germaniya Mudofaa vazirligining salohiyatini izohladi.

Vazir qiyinchiliklarga qaramay, Bundesver ayni paytda NATOning Yevropadagi eng qudratli kuchlaridan biri ekani va yaqin yillarda qurolli kuchlar butunlay boshqacha ko‘rinishga ega bo‘lishini xulosa qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »