Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Bundesver bosh inspektori Eberxard Zornni ishdan bo‘shatmoqchi. Bu haqda Spiegel xabar berdi.

Foto: Bild

Ma’lum qilinishicha, 2018-yildan buyon bu lavozimda ishlab kelayotgan Zorn o‘rniga general-mayor Karsten Breyer tayinlanadi. AFP’ning aniqlik kiritishicha, Zornning iste’fosi payshanba kuni bo‘lib o‘tadi. U 2022-yilning sentabrida Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya qo‘shinlariga samarali qarshilik ko‘rsata olishiga shubha bildirgandi.

Xususan, Zorn Focus jurnaliga bergan intervyusida Ukraina qarshi hujumlar uyushtirayotgani, biroq Rossiyani orqaga qaytara olmasligini aytgan. U Rossiya armiyasi Moldovada, Kaliningrad yaqinida, Finlyandiya chegarasida yoki Gruziyada ikkinchi front ochishi mumkinligini ta’kidlagan.

Yaqinda Bundesverning bosh inspektori bo‘lishi kutilayotgan 59 yoshli Karsten Breyer 2021-yilning noyabridan 2022-yilning mayigacha hukumatning koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash komissiyasini boshqargan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »