Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

NATOning sharqiy qanotiga Rossiya yirik hujum uyushtirishni rejalashtirayotgani ma’lum qilindi. Bu haqda Bundesverning maxfiy hujjatlariga tayanib, Bild xabar berdi.

Foto: Getty Images

Maxfiy hujjatda Germaniya Mudofaa vazirligi Rossiya va NATO o‘rtasidagi ehtimoliy “konfliktga yo‘l”ni batafsil bayon qiladi. Rossiya va G‘arbning harakatlari oyma-oy xronika qilinib, NATOning yuz minglab qo‘shinlarini joylashtirish va 2025-yilning yozida yaqinlashib kelayotgan urush boshlanishi bilan yakunlanadi.

Hujjatdagi ma’lumotlarni ochiqlashda xavfsizlik nuqtayi nazaridan NATO qo‘shinlari soni va harakatlari haqidagi barcha ma’lumotlar ko‘rsatilmagan.

 

Bundesver ssenariysi “Alyans mudofaasi 2025” nomi bilan 2024-yil fevral oyida boshlanadi. Unga ko‘ra, Rossiya navbatdagi safarbarlik to‘lqinini boshlab yuboradi va qo‘shimcha 200 ming kishini armiyaga chaqiradi. 

“Shundan so‘ng Kreml Ukrainaga bahorgi hujumni boshlaydi, bu esa Ukraina armiyasining harakatlanishini iyun oyigacha orqaga suradi. Rossiyaning G‘arbga dastlab yashirin, keyin esa tobora oshkora hujumi iyul oyida boshlanadi. Kiberhujumlar va gibrid urushning boshqa shakllari, asosan, Boltiqbo‘yi mamlakatlarida kutilmoqda. Rossiya o‘z hududida va Belarusda keng ko‘lamli mashqlarni boshlash uchun bahona sifatida foydalanadigan to‘qnashuvlar sodir bo‘ladi”, — deyiladi prognozda.

Ssenariyga ko‘ra, agar Rossiya Kaliningradga qo‘shinlari va o‘rta masofali raketalarni joylashtirsa, oktyabr oyida vaziyat keskinlashishi mumkin.

“AQSH saylovdan keyin haftalar davomida yetakchisiz qolishi mumkin bo‘lgan bir paytda, Belarus tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Rossiya NATO hududiga 2014-yilda Ukrainaga hujum qilgani kabi bostirib kirishini takrorlaydi”, — deyiladi ssenariyda.

2025-yil may oyida NATO ushlab turish choralari to‘g‘risida qaror qabul qiladi; “X kuni” NATO sharqiy qanotga 300 000 harbiy, shu jumladan, 30 000 Bundesver askarini joylashtiradi. Ssenariy “X kuni”dan 30 kun o‘tib tugaydi. Rossiya NATO tomonidan cheklanib qoladimi yoki yo‘qmi, ssenariyda ochiq savol bo‘lib qolmoqda. Germaniya Mudofaa vazirligi vakili alyansning mudofaa ssenariysi haqida izoh berishni istamagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »