Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bolgariya 5 ming kishidan iborat ko‘p millatli jangovar guruhni joylashtirish uchun infratuzilmani tayyorlamoqda.
Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Todor Tagarev ma’lum qildi.

“NATOning sharqiy qanoti mamlakatlaridagi barcha jangovar guruhlarni 5 mingga yaqin harbiy xizmatchilarga ko‘paytirish rejalashtirilgan. Hozirda bizda aniq jadval yo‘q, lekin biz shart-sharoitlarni ta’minlashga tayyor bo‘lishimiz kerak”, — deb ta’kidladi u.

Foto: Google Images

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, AQSHga tashrifi chog‘ida amerikalik hamkorlar infratuzilma qurilishini birgalikda moliyalashtirish uchun xalqaro mablag‘lardan foydalanishda qanday yordam bera olishlarini muhokama qilishgan. Kerakli infratuzilma ittifoqchi kuchlarni tezda joylashtirishga imkon beradigan avtomobil yo‘llari va temiryo‘llarni o‘z ichiga oladi.

Kelishuvga ko‘ra, Bolgariya Stryker jangovar mashinalarini taʼmirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mintaqaviy markazga aylanadi. Dala zavodlaridan biri Veliko Tirnovo shahrida joylashishi allaqachon aniqlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »