Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa Ittifoqi aʼzolari Bolgariya va Ruminiyaning Shengen hududiga bosqichma-bosqich integratsiyalashuvini maʼqulladilar. Yevropa Ittifoqi davlatlari 2024-yilning mart oyidan boshlab ikki davlatning dengiz va havo chegaralarida chegara nazoratini bekor qiladi. Nazorat quruqlik chegaralarida qoladi. Bu haqda Yevrokomissiya matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Bugun Bolgariya va Ruminiya uchun tarixiy lahza. Ruminiya va Bolgariya fuqarolari uchun esa katta g‘urur kuni. Mart oyidan boshlab ular ichki dengiz va havo chegaralarini chegara nazoratisiz erkin kesib o‘tishlari mumkin. Bu  ikkala mamlakat va butun Shengen hududi uchun oldinga qo‘yilgan muhim qadamdir”, — dedi Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen.

Foto: Google Images

Qayd etilishicha, quruqlikdagi chegaralardagi shaxslarni tekshirishni bekor qilish sanasi bo‘yicha muhokamalar 2024-yilda davom etadi va Yevropa Ittifoqining bu boradagi qarori ma’lum vaqt oralig‘ida qabul qilinishi kutilmoqda.

Bolgariya va Ruminiya 2007-yildan beri Shengen hududining bir qismi bo‘lish uchun harakat qilmoqda. Yevropa komissiyasi 2011-yilda ikki davlatning Shengen hududiga tayyorligini e’lon qilgan, biroq bu jarayon Ittifoqining turli davlatlari tomonidan bloklangan edi.

YI kengashi 2022-yil dekabrida qaror qabul qilish to‘g‘risida kelishib oldi, biroq Avstriya noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ikki mamlakatning “zaif harakatlari” tufayli qarorga imzo qo‘ymadi.

2023-yilda esa Shengenga qo‘shilish qarori Vengriya tomonidan bloklandi, u Bolgariyani rus gazining tranzitiga soliq joriy qilgani uchun tanqid qilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »