Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2024-yilda Yevropa Ittifoqi (YI) tomonidan moliyaviy yordam bo‘lmasa, Ukraina rasmiylari ish haqi va pensiyalarni to‘lash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajara olmaydi. Bu haqda Ukraina iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko Financial Times nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Yuliya Sviridenkoning taʼkidlashicha, kelgusi yilda Ukraina hukumati mamlakat mudofaa qobiliyatini moliyalashtirish va davlat qarzini yopishga ustuvor ahamiyat beradi. Shu munosabat bilan, vazirning so‘zlariga ko‘ra, “ayrim ijtimoiy sohalarning yetarli darajada moliyalashtirilmasligi xavfi katta”.

Foto: Reuters

Iqtisodiyot vaziri Yevropa Ittifoqi davlatlarining moliyaviy yordami Ukraina uchun juda muhim ekanini ta’kidladi. Agar yordam berilmasa, 10 million nafaqaxo‘r nafaqasiz qolishi, 1,5 million o‘qituvchi va 500 ming davlat xizmatchisi maoshsiz qolishi mumkin. Yuliya Sviridenko YI fevral oyida Ukraina ehtiyojlari uchun mablag‘ ajratishni ma’qullab, mart oyi oxirigacha bu mablag‘ni mamlakatga yetkazishiga umid bildirdi.

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga kredit va grantlar ko‘rinishida 50 milliard yevro ajratishi kutilmoqda. Ammo yakuniy qaror Vengriya tomonidan bloklandi. Financial Times gazetasining yozishicha, YI Vengriyaning vetosini chetlab o‘tishni rejalashtirmoqda, bu mexanizm Ukrainaga alohida mamlakatlardan kafolatlar evaziga qarz olish orqali 20 milliard yevro ajratish imkonini beradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »