Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bolgariya parlamenti ko‘pchilikning ovozi bilan Ukrainaga qo‘shimcha harbiy yordam, xususan, ta’mirtalab S-300 zenit-raketa komplekslari uchun 5V55R raketalarini taqdim etishni ma’qulladi. Bu haqda “Vozrojdeniye” siyosiy partiyasi yetakchisi Kostadin Kostadinov parlament majlisining yopiq qismi yakunlari bo‘yicha “TASS”ga ma’lum qildi.

Illustrativ foto: Anadolu
“Mamlakatimiz ushbu o‘q-dorilarni mustaqil ravishda ta’mirlash imkoniyatiga ega emas va ulardan foydalanish Bolgariya harbiy xizmatchilari hayoti uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Bolgariyadan farqli o‘laroq, Ukraina nuqsonlari bo‘lgan bunday o‘q-dorilarni ishga tushirish imkoniyatiga ega ekanini ma’lum qilgan”, — deyildi Bolgariya parlamenti majlisida.

Rossiyaning Harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmati Ukrainaga qurol-yarog‘larni Rossiyaning yozma roziligisiz o‘tkazish nomaqbul ekanini bildirdi.

“Xususan, gap Bolgariya rahbariyatining Rossiya tomonining bir necha bor tushuntirishlariga qaramay, qurol nazorati sohasidagi xalqaro majburiyatlarini qo‘pol ravishda buzishga qaratilgan navbatdagi urinishi haqida ketmoqda. Ukrainadagi jangovar zonaga qurol-yarog‘larning uzatilishi muqarrar ravishda mojaroning kuchayishiga va begunoh qurbonlarga olib keladi”, — deyiladi xizmat xabarida.

Rossiya tomoni Bolgariyani “harbiy-texnik hamkorlik sohasida xalqaro huquqning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qarorni qayta ko‘rib chiqishga” chaqirdi.

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan beri G‘arb davlatlari Kiyevni qurol-yarog‘ bilan qo‘llab-quvvatlamoqda. Rossiya rasmiylari Ukrainani G‘arb qurollari bilan ta’minlash mojaroning kuchayishiga olib kelishini aytib, bunday ta’minotni tanqid qilmoqda. Shu bilan birga, Kreml G‘arb qurollarining Kiyevga topshirilishi Moskvaning “maxsus operatsiya” maqsadlariga erishishiga to‘sqinlik qilmasligini bir necha bor ta’kidlagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »