Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Polsha prezidenti Anjey Duda bosh vazir Mateush Moravetskining Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatish haqidagi bayonotini izohlar ekan, Polsha Ukrainani eski harbiy texnika bilan ta’minlashga tayyorligini bildirdi. Bu haqda u Super Express nashriga xabar berdi.

Foto: Ap Photo

Duda bosh vazir bilan maslahatlashganidan so‘ng, ikkalasi ham Polshadan Ukrainaga har qanday yangi texnikalarni berish “mumkin emas” degan fikrga kelgan.

“Ikkalamiz ham K2 gaubitsalari yoki K9 tanklari kabi hozirda sotib olayotgan har qanday yangi texnikalarni jo‘natish haqida gap bo‘lmasligini aytdik. Bu texnika Polsha armiyasini kuchaytirishga xizmat qilishi kerak. Ularni birdaniga berib yuborish uchun milliardlar sarflamaymiz”, — dedi Duda.

Shu bilan birga, siyosatchi bu Polsha Ukrainaga qurol-yarog‘ni umuman bermasligini anglatmasligini ta’kidladi.

“Eski texnikalar zamonaviylariga almashtirilsa, uni muammosiz ukrainlarga jo‘nataman. Juda uzoqqa cho‘zilgan xulosalar chiqarmasligimiz kerak. O‘z his-tuyg‘ularimizni jilovlashimiz zarur, chunki Polsha va Ukraina ajralsa, kim ko‘proq yutishini eslaylik. Oqibatlari fojiali bo‘lishi mumkin”, — dedi Polsha prezidenti.

Polsha va Ukraina o‘rtasidagi keskinlik

Avvalroq Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy Polsha endi Ukrainaga qurol bermasligi, chunki u o‘z davlatini qurollantirayotgani haqida gapirgandi. Keyinchalik hukumat “Krab” gaubitsalarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma hali ham amalda ekaniga aniqlik kiritgan. Germaniya bu borada Polsha bilan muzokaralar olib borishni rejalashtirayotganini aytgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »