Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Polsha rasmiylari Kiyevga yangi qurol-yarog‘ yetkazib berishdan bosh tortgach, AQSH hukumati Varshavadan Ukrainani harbiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi pozitsiyasini tushuntirishni so‘radi. Bu haqda Bloomberg agentligi Pentagondagi yuqori martabali manbaga tayanib xabar berdi.


Foto: AP Photo

Agentlik suhbatdoshiga ko‘ra, Polsha hanuz Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga tayyor, biroq rasmiy Varshavaning pozitsiyasi noaniq. Biroq manbaning ta’kidlashicha, Polsha va Ukraina o‘rtasidagi kelishmovchiliklar ortidan “Kiyevni qo‘llab-quvvatlovchi koalitsiya birligi hali darz ketmagan”.

Yevropalik diplomatlardan birining Bloomberg agentligiga aytishicha, Polsha diplomatlari xorijlik hamkasblarini kichikroq bo‘lsa-da, Ukrainaga harbiy yordam davom etishiga shaxsiy ishonch bildirgan.

Manbaning fikricha, Polshaning yordamdan bosh tortishi Ukrainadagi harbiy amaliyotlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, chunki bu NATO birligiga putur yetkazadi.

Polsha bosh vazirining ziddiyatli bayonoti

20-sentabr kuni Polsha bosh vaziri Mateush Moravetski Polsha Ukrainaga ortiq qurol yetkazib bermayotgani, chunki mamlakat o‘z armiyasini qurollantirayotganini aytdi. Ertasi kuni Polsha prezidenti Anjey Duda OAV Moravetskining so‘zlarini “eng yomon tarzda” talqin qilganini ta’kidlab chiqdi. Dudaning aniqlik kiritishicha, gap Polsha o‘z armiyasini modernizatsiya qilish uchun xarid qilayotgan yangi qurollar haqida ketmoqda.

21-sentabr kuni Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder Moravetskining so‘zlarini izohlar ekan, har qanday davlat Ukrainaga qanday darajada yordam ko‘rsatishni o‘zi hal qiladi, dedi.

Ukraina donini eksport qilish bo‘yicha ikki davlat o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklar fonida Polsha hukumati Ukrainani harbiy qo‘llab-quvvatlash haqida bayonot bergandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »