Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Polsha prezidenti Anjey Duda Ukraina urushni o‘z foydasiga o‘zgartirish uchun ittifoqchilardan yetarlicha qurol olmaganini aytdi. Duda The Washington Post nashriga bergan intervyusida tegishli fikrni ilgari surdi.

Foto: Polsha prezidenti matbuot xizmati

Polsha prezidentiga ko‘ra, G‘arb davlatlari Ukrainaning g‘alabasi uchun ko‘proq harakat qilishi kerak. Ukraina Qurolli kuchlarida qanday qurollar yetishmaydi, degan savolga Duda quyidagicha javob berdi:

“Ukraina uzoq masofaga uchuvchi artilleriya bilan ta’minlangan — shu kungacha ular yetkazib berilmoqda. Hatto Ukraina hozir Rossiyaga qaraganda zamonaviyroq harbiy salohiyatga ega, desa bo‘ladi.
Savol shuki, Ukrainada urush to‘lqinini o‘z foydasiga burish uchun yetarlicha qurol bormi? Ehtimol, yo‘q. Ular yetarli qurolga ega emas. Biz buni hozirda ular rus armiyasiga qarshi ishonchli qarshi hujumga o‘ta olmayotganidan bilamiz. Qisqasi, ularga ko‘proq yordam kerak”, — dedi Anjey Duda.

Shuningdek, siyosatchi Polsha nega Ukrainaga qurollar yuborayotganiga tushuntirish berdi.

“Bugun ukrainaliklar o‘z mustaqilligi, suvereniteti, erkinligi va hududini himoya qilish yo‘lida Rossiyaga qarshi kurashmoqda. Biz ularga qurol yuboramiz. Nega? Chunki ularni o‘z hududimizni himoya qilish uchun qo‘llab-quvvatlamoqchimiz.

Biz deganda nafaqat polshaliklarni, balki amerikaliklar, fransuzlar, britaniyaliklar, nemislar va butun demokratik dunyoni nazarda tutyapman. Polyaklar ukrainaliklarni qurol bilan ta’minlash uchun juda ko‘p sabablarga ega.

Ammo butun demokratik dunyo ham biladiki, Yevropada XXI asrda demokratik davlat chegaralarini buzgan har qanday agressor to‘xtatilishi kerak”, — deya xulosa qildi Polsha prezidenti.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »