Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Polsha va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi “diplomatik mojaro” tufayli yomonlashdi. Mamlakatlar hali ko‘p masalalarda “kelishuvga” erishmagan. Bu haqda Polsha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Pavel Yablonskiy RMF radiostansiyasi efirida aytib o‘tdi.

Foto: Flagma
“Ayrim Ukraina vakillarining bayonotlari tufayli so‘nggi paytlarda munosabatlar yaxshi emas. Hech kim yashirmaydi. Bunga qo‘shni davlatda qandaydir his-tuyg‘ular paydo bo‘lgani bog‘liq degan taassurot bor. Biz davlat hujum ostida ekanini tushunamiz, lekin u ham o‘z ittifoqchilariga hujum qilmasligi kerak”, — dedi Yablonskiy.

Shuningdek, u Polsha Ukrainani Polshaning milliy manfaatlariga mos keladigan darajada qo‘llab-quvvatlashini va “bu har doim shunday bo‘lib qolishini” ta’kidladi.

Polsha va Ukraina o‘rtasidagi diplomatik mojaro

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi 1-avgust kuni Polshaning mamlakatdagi elchisi Bartosh Sixotskini Polsha prezidenti vakili Marchin Pshidachning Kiyevga qarshi aytgan tanqidiy so‘zlari uchun chaqirgandi

Pshidachning ta’kidlashicha, Ukraina “so‘nggi oylar va yillarda Polshaning Ukraina uchun o‘ynagan rolini qadrlashni boshlashi kerak”. Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy prezident vakilining so‘zlariga mohiyatan izoh bermadi, biroq Ukraina rasmiylari “hech qanday sharoitda” Polsha diplomatini o‘z Tashqi ishlar vazirligiga chaqirmasligi kerakligini ta’kidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »