Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukrainaning Qozog‘istondagi sobiq elchisi Pyotr Vrublevskiy Rossiyada qidiruvga berildi va Moskva sudi uni jinoiy ish doirasida sirtdan hibsga olishga ruxsat berdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Sobiq elchiga nisbatan Rossiyada jinoiy ish ochilgan va u ekstremist hamda terrorchilar ro‘yxatiga kiritilgan. U 2022-yilda Kiyev imkon qadar ko‘proq ruslarni “o‘ldirishga” harakat qilayotganini aytgandi. Vrublevskiy Rossiya Jinoyat kodeksining 282-moddasi 2-qismining “a” bandi (nafrat yoki adovat qo‘zg‘atish, shuningdek, inson qadr-qimmatini kamsitish) bo‘yicha ayblanmoqda. Bu 3 yildan 6 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni o‘z ichiga oladi. 

Moskva sudi Ukraina fuqarosini Rossiya hududiga ekstraditsiya qilingan yoki Rossiyada hibsga olingan paytdan boshlab ikki oyga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlashni qanoatlantirdi. 

Eslatib o‘tamiz, Ukrainaning Qozog‘istondagi sobiq elchisi Pyotr Vrublevskiy 2022-yil yozida qozog‘istonlik blogerlardan biriga bergan intervyusidagi bayonotlari tufayli janjal markazida qolgandi. Shundan so‘ng Qozog‘iston xalqi assambleyasi a’zolari uning bayonotlarini qoralagan. Keyinroq Vrublevskiy Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligiga suhbatga chaqirilgan. Shu bilan birga, ukrainalik diplomat o‘zining bayonotlari uchun uzr so‘ragani ma’lum qilingan. 

Sentyabrda Qozog‘iston hukumati Vrublevskiyni mamlakatdan chiqarib yuborish talabini qo‘ymaganini bildirgan. Elchi ta’tilda va faoliyatini davom ettirish borasida Ukraina rasmiylari bilan maslahatlashayotgani ta’kidlangan.

Biroq oktyabr oyi boshida Vrublevskiy Qozog‘istonga qaytib kelgach, Rossiya TIV Qozog‘istonning Rossiyadagi elchisini chaqirtirgan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova Vrublevskiyning mamlakatda bo‘lishini “qabul qilib bo‘lmas”ligini aytgan.

Bunga javoban Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi ham Rossiya elchisini suhbatga chaqirgan. Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi vakili Zaxarovaning bayonotini sharhlar ekan, Qozog‘iston va Ukraina bu borada to‘liq o‘zaro tushunishga erishganini aytgan.

“Ukraina tomoni buni tushunish bilan qabul qildi, uni (Vrublevskiy) chaqirib olish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Hozirda Ukraina Tashqi ishlar vazirligidan Ostonaga yangi elchi tayinlash bo‘yicha so‘rov kelib tushgan”, — deya xabar bergan TIV rasmiysi Aybek Smadiyarov.

2022-yil oktyabr oyida Pyotr Vrublevskiy Ukrainaning Qozog‘istondagi elchisi lavozimidan chetlashtirilgani ma’lum bo‘ldi. Tegishli farmonni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy imzolagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »