Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Birlashgan Millatlar Tashkilotining G‘azodagi tinch aholiga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini o‘rganuvchi guruhi garovga olinganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani haqida aniq va ishonchli maʼlumot topilganini maʼlum qildi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Foto: Getty Images

BMTning Isroil va HAMAS mojarosidagi jinsiy zo‘ravonlik holatlarini o‘rganish bo‘yicha maxsus vakili Pramila Patten zo‘ravonlik holatlari haqida dalil bo‘la oladigan manbalar topilganini aytgan. Unga ko‘ra, mazkur holatlar, asosan, HAMASning 7-oktyabrdagi hujumi paytida sodir etilgan.

Xabarda aytilishicha, Pramila Patten o‘z guruhi bilan Isroil muassasalariga 33 marta tashrif buyurgan. 7-oktyabr hujumidan omon qolgan 34 nafar isroillik bilan uchrashgan. HAMASning birinchi hujumiga aloqador 50 soatlik tasvirlar to‘liq ko‘zdan kechirilgan.

Pramila Patten guruhi barcha daʼvolariga qaramay, HAMAS jangchilari tomonidan jinsiy zo‘ravonlik qilingan isroilliklarni aniqlay olmagan. Bunga sabab sifatida esa ular yo davolanayotgani yoki hali ommaga ko‘rinishga tayyor emasligi keltirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »