Turkiy davlatlar ulamolari fiqhiy qoidalarga tayangan holda falakiy hisob-kitob va astronomik kuzatuvlarni e’tiborga olib, hijriy 1445-yil ramazon oyining birinchi kuni milodiy 2024-yil 11-mart, dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida yakdil fikrga kelgan.

Qozog‘istonda fitr sadaqasi 2 kilogramm unning o‘rtacha narxidan kelib chiqib, 640 tenge (salkam 18 ming so‘m) miqdorida ma’qullangan. Tojikistonda esa fitr sadaqasi 7 somoniy (taxminan 8 ming so‘m). Bu yil zakot 880 somoniydan (1 million so‘mdan ziyod) boshlanadi. Zakotni qo‘shimcha mablag‘i, ya’ni kamida 35 275 somoniysi (taxminan 40 million 324 ming so‘m) bo‘lgan musulmonlar berishi kerak.

Ro‘za tutishga qodir bo‘lmaganlar yoki muborak oyda tutmagan ro‘za kunlari uchun fidya – 30 kunlik (kuniga 14 somoniy – 16 ming so‘m) 420 somoniy (480 ming so‘mdan ziyod).