Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston va Tojikistonda muqaddas ramazon oyi 11-martdan boshlanadi. Ikki davlatning diniy boshqarmalari ramazon taqvimi va sadaqa miqdorini e’lon qildi.

Foto: Shutterstock

Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining shariat va fatvo bo‘limi Turkiya, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qirg‘iziston davlatlari olimlar kengashi va fatvolar berishga mas’ul olimlar bilan maslahatlashuvlardan so‘ng 11-martni ramazon oyi boshlanishi sifatida tasdiqladi.

“Umumiy fatvoga ko‘ra, ramazon oyi 11-martdan boshlanadi. 5-apreldan 6-aprelga o‘tar kechasi esa qadr kechasi hisoblanadi. 10-aprel Hayit bayramidir”, — deydi Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi.

Fitr sadaqasi Qozog‘iston bo‘yicha o‘rtacha 2 kilogram unning o‘rtacha narxidan kelib chiqib, 640 tenge (salkam 18 ming so‘m) miqdorida ma’qullandi. Shuningdek, Ostona, Olmaota va Chimkent uchun ramazon taqvimi ham eʼlon qilindi.

Tojikistonda muborak ramazon oyi joriy yilning 11-martidan boshlanadi. Tojikiston Din qo‘mitasi ramazon taqvimini e’lon qildi. Mamlakat Ulamolar kengashi Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi Astrofizika instituti xulosasi asosida muborak oy sanasini belgiladi.

Kengash, shuningdek, fitra sadaqasi (muqaddas ro‘za vaqtidagi sadaqa) miqdorini ham e’lon qildi — 7 somoniy (taxminan 8 ming so‘m).

Bu yil zakot 880 somoniydan (1 million so‘mdan ziyod) boshlanadi. Zakotni qo‘shimcha mablag‘i, ya’ni kamida 35 275 somoniysi (taxminan 40 million 324 ming so‘m) bo‘lgan mo‘minlar berishi kerak.

Ro‘za tutishga qodir bo‘lmaganlar yoki muborak oyda tutmagan ro‘za kunlari uchun fidiya – 30 kunlik (kuniga 14 somoniy – 16 ming so‘m) 420 somoniy (480 ming so‘mdan ziyod).

Yuqoridagi summalar 5-mart kungi kurs bo‘yicha so‘mga konvertatsiya qilindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »