Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

16-fevral kuni Isroilning sobiq mudofaa vaziri Benni Gants musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan ramazon oyida ham jangovar harakatlar davom ettirilishini maʼlum qildi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Foto: CNN

“Men Isroilning barcha fuqarolari va garovga olinganlarning oilalariga shu xabarni yetkazmoqchiman: garovdagilar qaytarilmaguncha, biz to‘xtamaymiz. Isroilliklar qaytarilmaguncha, bir kun ham sulh bo‘lmaydi”, — degan Gants.

Isroil vakiliga ko‘ra, hatto yaqinlashib kelayotgan ramazon oyida ham shiddatli janglar davom etishi mumkin. Garovda qolayotganlar qaytarilmas ekan, harbiy amaliyot Rafahga ham kirib borishi ta’kidlangan.

Gants Isroil Rafahga quruqlikdan hujum qilishga tayyorlanayotganini ham maʼlum qilgan. Rasmiy Tel-Aviv ushbu bo‘lg‘usi tajovuz oldidan Misr bilan muloqotga kirishishga hamda aholini “qo‘riqlanadigan hududlar”ga yo‘naltirishga harakat qilayotgani aytilgan.

Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Rafahdagi operatsiya 10-mart kuni, ramazon oyi boshlanishiga qadar yakunlanishi kerakligini maʼlum qilgan edi. Bosh vazir bayonotidan ko‘p o‘tmay yangragan harbiy tashkilotlar rahbarlari taqdim etayotgan maʼlumot esa tinchlikka erishish ehtimolini istisno etdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »