Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

15-fevral kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu idorasi matbuot kotibi hozircha Falastin davlati haqidagi har qanday muhokama rad etilishini ma’lum qildi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Photo: Getty Images

Isroil bosh vaziri matbuot kotibi Avi Ximan matbuot konferensiyasida hozirda Falastin xalqi uchun “hadyalar” berish payti emasligini ma’lum qilgan. Ikki davlat yechimi masalasi Isroil uchun ayni damda muhim mavzu emasligini ham qo‘shimcha qilgan.

Matbuot kotibiga ko‘ra, hozirda Isroil qo‘lida keng qamrovli tinchlik loyihasini ishlab chiqish borasida reja mavjud emas. Bu rejani amalga oshirishga qarshilik qiluvchi bir qancha sabablar mavjud.

“Biz hali ham 7-oktyabr qirg‘ini oqibatlarini bartaraf etyapmiz. Hozirgi bosh maqsadimiz — HAMAS ustidan to‘liq g‘alaba qilish. Biz g‘alaba sari olg‘a davom etamiz. Bundan boshqa masalalar HAMAS yengilganidan keyin bo‘ladi”, — degan Avi Ximan.

Oldinroq AQSH prezidenti Jo Bayden isroillik garovga olinganlar va falastinlik asirlarni ozod qilishni ko‘zda tutuvchi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi ikki davlat yechimi asosida mustahkam va kafolatliroq tinchlikka olib kelishiga umid bildirishini ma’lum qilgan edi. Isroillik o‘ta o‘ng siyosatchilar esa parlamentda ikki davlat yechimini ochiq tarzda rad etgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »