Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

16-fevral kuni isroillik guruhlar noqonuniy okkupatsiya qilingan G‘arbiy Sohil janubidagi falastinliklar mulklariga o‘t qo‘ydi. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.

Foto: Anadolu

Xabarda aytilishicha, guruhlar mahalliy xonadonlar, transport vositalari va chorva yetishtirish obyektlarida yong‘in keltirib chiqargan. Bir qancha ko‘chalar tutun ichida qolgan. Qurbonlar haqida maʼlumot berilmagan.

Manbaga ko‘ra, ayni damda G‘arbiy Sohil va Quddus sharqidagi 300 ga yaqin noqonuniy aholi punktlarida 700 mingga yaqin isroillik istiqomat qiladi. Isroil HAMASga qarshi boshlagan amaliyotdan so‘ng esa hududga bamaylixotir ko‘chib kelayotganlar soni bir necha karraga oshgan.

Isroil tomonidan G‘arbiy Sohilda qurilgan barcha yahudiy aholi punktlari xalqaro huquqqa muvofiq noqonuniy hisoblanadi. Xalqaro hamjamiyat bu borada Isroil hukumatiga bir necha bor nota ham jo‘natgan. Rasmiy Tel-Aviv esa murojaatlarni eʼtiborsiz qoldirib kelishi aytiladi.

Xabarda aytilishicha, Isroil armiyasi tomonidan bosib olingan ushbu hududda kamida 394 falastinlik halok bo‘lgan, 4400 nafari yaralangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »