Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

15-fevral kuni Isroil qurolli kuchlari Xon Yunus shahridagi Nasser kasalxonasiga kirdi. Bu haqda CNN nashri xabar bermoqda. 

Photo: CNN

HAMAS boshqaruvidagi G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Isroilning IDF bo‘linmasi bu xabarni rasman tasdiqlagan. Bir qator arab nashrlari ham bu haqda ma’lum qilgan.

Isroil maxsus kuchlari shtabi matbuot kotibi Daniel Hagarining bildirishicha, IDF askarlari Hamas tomonidan garovda saqlab kelingan bir qancha asirlarni ozod qilgan. Maxsus kuchlar, shuningdek, isroillik asirlar orasida vafot etganlar ham bo‘lishi mumkinligi bois shifoxona hududida qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazishni maqsad qilgan. Rasmiy Tel-Aviv da’vosiga ko‘ra, HAMAS Nasserda uzoq vaqt asirlarni saqlab kelgan.

Photo: Getty Images

Harbiylar asirlarning ozod qilingani yoki jasadlar topilgan  borasidagi dalil va isbotlarni ommaga hali taqdim etmagan. O‘rta Sharq nashrlari tarqatayotgan xabarlar esa Isroil bayonotiga mutlaqo zid.

Daniel Hagariga ko‘ra, Isroil Nasser kasalxonasida “shartli va cheklangan” operatsiya o‘tkazmoqda.

13-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarning arab segmentida Nasser kasalxonasiga buldozerlar bilan shikast yetkazilgani haqidagi videolar paydo bo‘lgan edi. Hudud o‘rab olingani, kasalxonani tark etishni xohlagan bir qancha g‘azoliklar otib tashlangani haqidagi xabarlar keng tarqalgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »