Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

16-fevral kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish masalalari bilan shug‘ullanuvchi Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) hududdagi sog‘liqni saqlash muassasalarining 84 foizi buzib tashlanganini rasman maʼlum qildi. Bu haqda CNN nashri xabar bermoqda.

Photo: Reuters

Yaqin Sharq agentligi G‘azodagi asosiy gumanitar yordam ko‘rsatuvchi tashkilot hisoblanib, 2 millionga yaqin g‘azoliklarning moddiy va salomatlik bilan bog‘liq taʼminoti to‘g‘ridan to‘g‘ri unga bog‘liq. Agentlik hududda 13 mingdan ortiq xodimga ega. Ular asosan mahalliy g‘azoliklardan iborat.

Oldinroq Isroil hukumati UNRWA’ning 13 nafar aʼzosini 7-oktyabr hujumlarida ishtirok etganlikda ayblagan edi. Tashkilot ishiga Isroilning to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashuvi va tahdid hududga xalqaro donorlik yordamini to‘xtatib qo‘ydi.

BMTning vakolatli tashkiloti eksklav zonasida sog‘liqni saqlash tizimi deyarli to‘la vayron bo‘lganini bildirgan. Hozirda na mahalliy muassasalar va na xalqaro gumanitar tashkilotlar aholiga yordam bera olyapti.

Shuningdek, bayonotda keltirilishicha, G‘azodagi fuqarolik obyektlari hamda mahalliy infrastrukturaning 70 foizdan ortig‘i yaroqsiz holga keltirilgan. BMT vositachiligida yetkazilishi mo‘ljallangan yordam karvonlari harakatiga esa mahalliy isroilliklar qattiq qarshilik ko‘rsatayotgani aytilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »