Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Diario Sport nashrining xabar berishicha, Ilkay Gyundogan, Inyaki Penya va Fermin Lopes mavsumni jarohatlarsiz o‘tkazmoqda. Aynan ushbu futbolchilar barcha o‘yinlarda ishtirok etish uchun shay holatda bo‘lgan. Qolgan barcha futbolchilar qaysidir o‘yinni jarohat sabab o‘tkazib yuborgan.

Foto: Getty Images

“Barselona” jamoasini jarohatlar birinchi turdanoq bezovta qiladi. Masalan, Ronald Arauxo birinchi tur o‘yinida “Xetafe”ga qarshi bahsda jarohat sabab o‘ynay olmagan. Xuddi shu sabab bilan Martines o‘yinlarda qatnashmagan. Pedri, Frenki de Yong, Rafinya, Levandovski, Serji Roberto va Kunde ham mavsum davomida jarohat sabab o‘yinlarda qatnasha olmagan bo‘lsa, ter Shtegen, Markos Alonso va Aleks Balde kabi futbolchilar jarrohlik amaliyoti o‘tkazishga ham majbur bo‘ldi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Gavi, Frenki de Yong va Pedri birgalikda faqatgina bir marta o‘ynay olgan.

Gavi o‘tkazilgan 39 o‘yindan 23 tasini, Pedri esa 15 tasini o‘tkazib yuborgan. De Yong 10 o‘yinda qatnasha olmagan.
Eslatib o‘tamiz, Pedri va de Yong “Atletik” bilan bo‘lgan bahsda yana jarohat oldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »