Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Real” yarim himoyachisi Jud Bellinghem to‘pig‘idan jarohat olgan.

“Jirona”ga qarshi bahsning (4:0) 57-daqiqasida Jud jarohat olganligi sababli, maydondan olingandi. “Real” matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, futbolchi to‘pig‘idan olgan jarohati sababli 2-3 haftani o‘tkazib yuboradi.

Shu tariqa Jud madridliklarning Chempionlar Ligasi doirasidagi “Leypsig”ga qarshi o‘yinini (13-fevral), La Liga doirasidagi “Rayo Valyekano” (18-fevral), “Sevilya” (25-fevral) hamda “Valensiya”ga (2-mart) qarshi bahslarni o‘tkazib yuboradi.  

Jurnalist Arancha Rodrigesning yozishicha, angliyalik futbolchi “Leypsig”ga qarshi javob o‘yinigacha (6-mart) safga qaytadi.

Joriy mavsum Bellinghem “Real” safida 29 ta o‘yin o‘tkazib, 20 ta gol va 8 ta golli uzatmaga muallif qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »