Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yaponiyalik olim Olmaotadagi Ko‘kto‘be teleminorasi zilzilaga tayyor emasligini ma’lum qildi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Foto: TVnews.by
“Qozog‘istonda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan yapon olimi, Osaka universiteti professori Olmaotada zilzila kuzatilishi, ko‘plab binolar seysmik silkinishlar ta’siriga tayyor emasligini aytdi. Ayniqsa, u Olmaotadagi uzoq yillar oldin qurilgan va allaqachon eski konstruksiyaga ega teleminoradan xavotirda.
Ya’ni, yaponlar bizdan ko‘ra Olmaota va Qozog‘iston janubidan ko‘proq xavotirda. Chunki bizda Yaponiyadagi kabi kuchli kamchiliklar bor”, — deydi Qozog‘iston geotexnika assotsiatsiyasi prezidenti Asqar Jusupbekov.

Olmaotaning yana bir ramzi bo‘lgan “Qozog‘iston” mehmonxonasiga kelsak, bu bino 70-yillarda zilzilaga tayyorgarlik uchun sinovdan o‘tgan. Seysmolog mehmonxona hatto sakkiz ballik silkinishga ham bardosh bera olishini ta’kidladi.

“Uning shakli oval, geometriyasi tufayli juda kuchli inshoot. U allaqachon bir necha zilzilalarga chidagan. Men bu binoda yoriqlar borligini hech eshitmaganman. Uning pastki qismi massasi yuqori qismga qaraganda ko‘proq va shundan kelib chiqib, to‘g‘ri qurilgan. Bu juda muhim”, — dedi seysmolog Muxtor Haydarov.

Eslatib o‘tamiz, 4-mart kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida 5 magnitudali, Qirg‘izistonda esa 5,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila epitsentri Qozog‘istonning Olmaota shahridan 31 km janubda joylashgan. Uning magnitudasi 6,1 ni tashkil qiladi. Olmaotada zilzila kuchi 5 ballni tashkil qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »