Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

5-mart kuni Falastin maʼmuriyati rahbari Mahmud Abbos va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on G‘azodagi shafqatsiz Isroil tajovuzi va ommaviy genotsid urushini to‘xtatish hamda anklavga shoshilinch insonparvarlik yordami kiritish masalasida suhbat o‘tkazgan. Bu haqda turk nashrlariga tayanib, CNN xabar bermoqda.

Foto: DIA Images/AP

Turkiyaga tashrif buyurgan Mahmud Abbos Erdo‘g‘on bilan Falastin maʼmuriyati ostida barcha falastinlik siyosiy firqalarni birlashtirish borasidagi saʼy-harakatlarini muhokama qilgan. Mahmud Abbos hukumati Falastin suverenitetini ifoda etuvchi yagona va umumiy idora bo‘lishi kerakligini taʼkidlagan.

O‘z navbatida Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on Turkiyaning istiqbolli tinchlik jarayonida falastinliklar kafili bo‘lishga tayyor ekanligini maʼlum qilgan. G‘azodagi agressiyaga keskin javob berilishini aytib o‘tgan.

“Qog‘ozlardagi tinchlik o‘rnatish harakatlari o‘rniga kafolatli va adolatli tinchlik kelishuvi kerak. Shunga ko‘ra, mamlakatimiz kafillik mexanizmi doirasida masʼuliyatni o‘z zimmamizga olishga tayyor,“ — degan Erdog‘on.

Suhbatda ,shuningdek, Erdog‘on Isroilning ramazon oyida Al-Aqso masjidiga ziyoratchilar kelishini cheklash borasidagi qarorini bemaʼnilik deb atagan. Bu qaror yangi muammolar keltirib chiqarishini bildirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »