Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xorazm viloyati Qo‘shko‘prik tumanidagi bog‘chada tarbiyachi bolalarga qo‘pol munosabatda bo‘lib ularni videoga oldi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holatga izoh berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Xabar berilishicha, holat yuzasidan Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi va quyidagilar aniqlandi. Videolavhada tarbiyalanuvchilarga qo‘pol munosabatda bo‘lgan tarbiyachi Qo‘shko‘pir tumanidagi 30-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat olib borayotgani, voqea joriy yil 4-mart kuni sodir bo‘lgani hamda mazkur videolavha tarbiyachi tomonidan o‘zining mobil telefoni orqali tasvirga olingani va ota-onalar guruhiga tashlangani aniqlandi.

Boshqarma ishchi guruhi tomonidan bugun mazkur ta’lim tashkiloti xodimlari o‘rtasida yuqoridagi holat muhokama qilinib, bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Tarbiyachi qilgan ishiga pushaymon ekanligini bildirib, ota-onalardan uzr so‘ragani aniqlandi.

Ishchi guruh tomonidan tarbiyalanuvchilarning ota-onalari bilan suhbatlashilganda ular tarbiyachiga nisbatan da’vosi yo‘qligini bildirdi. Tarbiyachi bugungi kunda o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shatilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »