Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida bog‘cha tarbiyalanuvchisi vafot etgani haqida xabar berilgandi. Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini “Daryo”ga maʼlum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

15-fevral kuni soat 09:00 larda Do‘stlik tumanida joylashgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari nazoratsiz qoldirilishi oqibatida, uch nafar bola maktabgacha ta’lim tashkiloti hovlisidan chiqib ketgan.

Shundan so‘ng, shu kuni soat 13:00 larda 2021-yilda tug‘ilgan qizcha nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotidan taxminan 1 kilometr uzoqlikdagi fermer xo‘jaligi dala maydonidan oqib o‘tuvchi ariqdagi suv ichidan vafot etgan holda topilgan.

Qayd etilgan holatlarda Jinoyat kodeksining 192-modda 11-bandi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 207-moddada (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjudligi, holat bo‘yicha bir qator tergov harakatlarini o‘tkazmasdan turib qonuniy to‘xtamga kelib bo‘lmasligi inobatga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »