Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buxoro shahridagi 71-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarga berilishi kerak bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini talon-toroj qilish holati aniqlandi. Bu haqda Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, boshqarma tomonidan 24-yanvar kuni maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni sog‘lom ovqatlantirish va oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish holati ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv davomida tarbiyalanuvchilarga berilishi kerak bo‘lgan 12 kilogramm pishirilgan go‘sht va 4 kilogramm baliq mahsuloti oshpazlar yuvinish xonasidagi vannada yashirib qo‘yilgani aniqlangan.

Bundan tashqari, taomnomada tushlik uchun ajratilgan 75 kilogramm o‘rniga atigi 20 kilogramm baliq mahsuloti tayyorlanayotgani ma’lum bo‘lgan. Oshpazlarning shaxsiy buyumlari saqlanadigan shkaf va tashkilotning bo‘sh turgan xonasidan ham yashirib qo‘yilgan oziq-ovqat mahsulotlari topilgan.

Holatga bog‘chaning xo‘jalik ishlari mudiri, hamshira, oshpaz va boshqa mas’ullar tayinli izoh bera olmagan.

O‘z vazifasini suiiste’mol qilgan maktabgacha ta’lim tashkilotining xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudiri, bosh oshpazi, oshpazi, hamshira va metodisti bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Ayni paytda holatga qonuniy baho berish uchun tegishli huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi bolalar bog‘chasida 4 nafar qizchaga tegajog‘lik qilingani, bunda bog‘cha direktorining 15 yoshli o‘g‘li ayblanayotgani haqida xabar berilgandi. Yanvar oxirlarida unga nisbatan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan edi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »