Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkentdagi xususiy bog‘chada tarbiyachining qo‘pol harakati oqibatida bolaga tan jarohati yetkazilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Dekabr boshlarida Toshkentdagi xususiy bog‘chada tarbiyachining qo‘pol harakati oqibatida bolaga tan jarohati yetkazilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Fuqaro N.SH. 2023-yil 17-noyabrda Yakkasaroy tumanida joylashgan xususiy ta’lim maktabgacha ta’lim muassasasida enaga yordamchisi K.G‘.ning 2021-yilda tug‘ilgan o‘g‘li L.A.ga nisbatan qo‘pol harakati natijasida bolaning qo‘li bilagidan chiqib, unga jiddiy shikast yetgani haqida murojaat etgan.

O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvi davomida tayinlangan tibbiy ekspertiza yuzasidan 18-dekabr kuni berilgan xulosaga ko‘ra, L.A.ga og‘irlik darajasi buyicha o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohatlari yetkazilgan.

Buning asosida Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, enaga yordamchisi K.G‘. xatti-harakatlari bilan kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik, ya’ni o‘z kasbiga beparvolik yoki insofsizlik bilan munosabatda bo‘lishi tufayli badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazishda ifodalangan jinoyat sodir etganligi yuzasidan ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Xorazmdagi xususiy bog‘chada bolalarga qo‘pollik qilgan tarbiyachi ishdan olingani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Namangan viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Chust tumanida bog‘cha bolalarini kaltaklagani tasvirlangan videodagi tarbiyachi yuzasidan ma’lumot bergandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »