Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyatidagi xususiy bog‘chada 4 yoshli qizchaga jinsiy tegajog‘lik qilingani aytilmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bolalar ombudsmaniga Keles shahrida yashovchi K.T. tomonidan uning 2019-yilda tug‘ilgan qiz farzandiga nisbatan bolalar bog‘chasida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqida murojaat kelib tushgan.

Qizning onasining murojaatida aytilishicha, farzandi 12-dekabr kuni xususiy bog‘chada bo‘lgan vaqtida, ushbu bog‘cha egasining 24 yoshli o‘g‘li Z.B. qo‘li bilan jinsiy a’zosiga tegib, unga nisbatan uyatsiz buzuq harakatlar qilgan.

Mazkur murojaatni Bosh prokuratura bilan birgalikda o‘rganish natijasida Keles shahridagi xususiy bog‘chada bo‘lgan vaqtida bolaga nisbatan jinsiy tegajog‘lik qilingani yuzasidan 2023-yil 15-dekabrda Jinoyat kodeksining 129-moddasi (16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda Toshkent tumani IIB TB tomonidan dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari Toshkent tumani, Keles yo‘li ko‘chasida Z.B. o‘zi yashab kelayotgan uyida 2023-yil 1-dekabrdan boshlab, tegishli ravishda ruxsatnoma olmasdan, hech qanday litsenziyasiz bolalar bog‘chasi tashkil etgani aniqlangan.

Toshkent tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan ushbu xonadon o‘rganilganda, bu yerda sanitariya qoidalari jiddiy ravishda buzilgani va bog‘chada ishlagan G.Q. va Z.B. tibbiy ko‘rikdan o‘tmagani aniqlangan.

Jinoyat ishi tergovi davomida fuqaro Z.B.ning litsenziya olmasdan maktabgacha ta’lim muassasasi ochib faoliyat ko‘rsatgani holatiga ham huquqiy baho berilmoqda.

“Mazkur jinoyat ishi tergovi viloyat prokuraturasi, Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan hamda Bolalar ombudsmanining bola manfaatlari yuzasidan kuzatuvi ostida”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »