Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Kogonda 2 yoshli bolani urgan bog‘cha tarbiyachisi yuzasidan ma’lumot berdi.

Kadr: Telegram

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati Kogon shahridagi bog‘chalarning birida bola kaltaklangani aks etgan video tarqalgandi. Murojaatda keltirilishicha, ushbu holat Kogon shahridagi “Quyoshjon” oilaviy nodavlat ta’lim tashkilotida ro‘y bergan. 

Mazkur ma’lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida Kogon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan tegishli tashkilotlar hamkorligida o‘rganish olib borilgan. Jarayonda ushbu holat 20-noyabr kuni soat 09:30 larda Kogon shahridagi “Quyoshjon” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgani aniqlangan. 

Vazifasini qo‘pol ravishda buzgan tarbiyachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Ayni paytda uning hatti-harakatlariga qonuniy baho berish maqsadida huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Xorazmdagi xususiy bog‘chada bolalarga qo‘pollik qilgan tarbiyachi ishdan olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »